Jo‘qorg'i Kenges Raisi Bo‘zatov, Taxiatosh va Nukus tumanlaridagi tadbirkorlar bilan uchrashdi
1051
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev rahbarligida Nukus shahridagi Savdo-sanoat palatasida Bo‘zatov, Taxiatosh va Nukus tumanlaridagi tadbirkorlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda investitsiya loyihalarini ishga tushirish, mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan va eksportyor korxonalarga amaliy yordamlar ko‘rsatish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning to‘liq quvvatda ishlashini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.
Ma'lumki, hurmatli Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ular uchun barcha qulay sharoitlarni yaratish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyotimizda ulushi yuqori bo‘lgan tadbirkorlikni Qoraqalpog'istonda tez sur’atlar bilan rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida hurmatli Prezidentimiz tomonidan faqat Qoraqalpog'iston uchun qabul qilingan tarixiy farmon va qororlari yangi imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Bugungi o‘tkazilgan uchrashuvda shunday imkoniyatlar haqida keng turda to‘xtalib o‘tildi.
Jo‘qorg'i Kenges Raisi yangi ish o‘rinlari va qo‘shimcha qiymat yaratadigan har qanday investitsion, ishlab chiqarish va boshqa loyihalar qo‘llab-quvvatlanishini alohida ta'kidladi. Muloqot davomida bugungi kunda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi va bildirilgan murojaatlarning aksariyatiga joyida echim topish choralari ko‘rildi.


