Tashqi beg'araz ko‘mak mablag'larini jalb etish masalalari muhokama qilindi
1036
Hurmatli Prezidentimiz topshirig'i bilan tashkil etilgan Tashqi beg'araz yordam mablag'larini (grantlarni) jalb etish va donorlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Kegeyli tumanida muhim seminar tashkil etildi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining qo‘mita raislari Sh.Otemisov va B.Seytnazarov, tuman hokimi A.Kamalov ishtirok etdi.
Seminarda grant, texnik ko‘mak va boshqa tashqi beg'araz yordam mablag'larini faol jalb qilish va ulardan samarali foydalanish, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va jamg'armalar bilan aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi. Tuman idorasi, tashkilotlar mutasaddilari hamda mahalla ettiligi ishtirokida o‘tkazilgan seminarda xorijiy grant mablag'larini jalb qilish uchun tegishli hujjatlarni talab darajasida tayyorlash, donor tashkilotlarni belgilab olish va maqsadli grantlar ustida ishlash, yangi loyihalar ustida ish olib borish kabi dolzarb masalalar muhokama qilinib, mutaxassislar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

