Turizm sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
895
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev respublikamiz hududida turizm sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi. Unda dastlab, hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog'istonga bo‘lgan alohida e’tibori bilan qabul qilingan qaror va farmonlar, shu asosda turizm sohasini rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilgan qo‘shimcha imkoniyatlar, berilgan imtiyozlar haqida keng so‘z yuritildi. Ta'kidlanganidek, o‘tgan qisqa vaqt ichida sohani rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim hujjatlar qabul qilinib, bu o‘z navbatida yurtimizda turizmni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘tkazilgan uchrashuvda ana shunday qator yaratib berilgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi. Shuningdek, sohani rivojlantirish bo‘yicha yana qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish kerakligi, tadbirkorlar oldida duch kelayotgan muammolar, echimini kutayotgan masalalar yuzasidan soha vakillarining fikr-mulohazalari tinglandi.
O‘z navbatida turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan dolzarb masalalar ko‘tarildi. Uchrashuvda ko‘tarilgan har bir masala belgilab olinib, echimini topish bo‘yicha Jo‘qorg'i Kenges Raisining nazoratiga olindi.

