Jo‘qorg'i Kenges Raisi chorvachilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashdi
995
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev chorvachilik sohasini yanada rivojlantirish, sohada o‘z echimini kutayotgan masalalar bo‘yicha fikr va takliflarni eshitish maqsadida fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashdi. Unda dastlab, so‘nggi yillarda Qoraqalpog'iston uchun alohida qabul qilingan qaror va farmonlar asosida qishloq xo‘jaligi sohasi, jumladan chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha yaratib berilayotgan imkoniyatlar hamda respublikamizda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan e’tibor haqida keng turda ta'kidlab o‘tildi.
Shuningdek, 2025 yilda amalga oshirilishi belgilangan loyihalarni ishga tushirish, fermer xo‘jaliklarining go‘sht, sut, parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yangi loyihalarini ishga solish orqali sohani yanada rivojlantirish va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi. O‘tkazilgan uchrashuvda fermer xo‘jaliklarining muammolari tinglandi va masalalariga echim topish choralari ko‘rildi.
Xalqimiz dasturxoniga arzon shu bilan birga sifatli go‘sht, sut va parrandachilik mahsulotlarini etkazib berish oziq-ovqat xavfsizligini va xalqimizning farovon hayotini ta'minlashda juda muhimligi alohida ta'kidlandi.




