Sport sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha soha vakillari bilan muloqot o‘tkazildi
1154
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev sport sohasi vakillari, mas’ullar, federatsiya rahbarlari bilan uchrashdi. Unda Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov ishtirok etdi. Uchrashuvda 2024 yilda sport maktablarida sportchi-yoshlarni tayyorlashda amalga oshirilgan chora-tadbirlar va oldindagi vazifalar hamda sport federatsiyalarining ishlari haqidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Ta'kidlash joizki, so‘nggi yillarda yurtimizda sportni rivojlantirish va ommalashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratilib, bu borada amaliy chora-tadbirlar davom ettirilmoqda. Ayniqsa, yoshlarimiz orasidan yurtimiz bayrog'ini dunyoga yanada tanitadigan sportchilarni etishtirib chiqarish, olimpiada musobaqalarida Vatanimiz sharafini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jo‘qorg'i Kenges Raisi o‘z so‘zida hurmatli Prezidentimizning O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi etib saylangani o‘z navbatida hudud va soha rahbarlariga katta mas’uliyat yuklashini, yaratib berilayotgan imkoniyatlardan foydalanib sohada yuqori natijalar qo‘lga kiritilishi zarurligini alohida ta'kidladi.
Shuningdek, bu borada o‘z vazifasini bajarishda ayrim muassasa va federatsiya rahbarlarining loqaydlik bilan yondashayotgani tanqid qilindi. Uchrashuv davomida yurtimiz yoshlari orasidan xalqaro darajadagi musobaqalarda, olimpiada o‘yinlarida yuqori natijalarga erishadigan sportchilarni etishtirib chiqarish uchun yana qanday choralar ko‘rish kerakligi bo‘yicha soha vakillarining fikr-takliflari tinglanib, vazifalar belgilandi.



