Qoraqalpog'istonda yuqori ko‘rsatkichga ega tadbirkorlarning soni ortib bormoqda
939
Hurmatli Prezidentimizning 39-sonli (23.01.2024-y.) qarori bilan 2024 yilning 1 fevral sanasidan boshlab, "Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi" joriy etilgan bo‘lib, unda o‘tgan yilning aprel oyida Qoraqalpog'iston bo‘yicha "AAA" (yuqori) toifaga ega jami tadbirkorlarning soni 10 taga ham etmasdi. Prezidentimizning Qoraqalpog'istonga bo‘lgan alohida e’tibori hamda respublikamizda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qaror va farmonlar bugungi kunga kelib o‘z natijasini bermoqda va tadbirkorlar sonining ortishiga asos bo‘lib xizmat qilmoqda. ❗️Bugungi kunga kelib, bir yilga yaqin vaqt ichida yuqori toifaga (AAA) ega tadbirkorlarning umumiy soni 128 ga etdi. Qoraqalpog'istonga alohida berilgan imtiyozlar asosida yuqori ko‘rsatkichlardagi tadbirkorlar soni yana ham ko‘payadi. Joriy yilning 15 fevral holatiga ko‘ra, "Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi" bo‘yicha, Qoraqalpog'iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan jami 25 700 ta tadbirkorlik sub’ektlaridan: • "AAA" (yuqori) toifaga ega jami 128; • "AA" toifasiga ega jami 244; • "A" toifasiga ega jami 279; • "BBB" (o‘rta) toifaga ega jami 1047; • "BB" toifasiga ega jami 1911; • "B" toifasiga ega jami 2534; • "CCC" (qoniqarli) toifaga ega jami 1483; • "CC" toifaga ega jami 6072; • "C" toifaga ega jami 4291; • "D" (past) toifaga ega jami 7711 ta biznes sub’ektlari faoliyat yuritib kelmoqda. ❗️Hurmatli tadbirkorlar! Agar korxonangizning reytingini bugunning o‘zida bilmoqchi bo‘lsangiz, Savdo-sanoat Palatasining veb-sayti orqali to‘liq ma'lumot olishingiz mumkin. 🌐 Veb-sayt havolasi: https://chamber.uz/contractor-rating