Jo‘qorg'i Kenges qo‘mita raisi Kegeyli tumanida ko‘cha boshilari bilan muloqot qildi
1180
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining qo‘mita raisi Berdibek Seytnazarov Kegeyli tumanida bo‘lib, tuman sektor rahbarlari bilan birgalikda Mәdeniyat, Nurlы bostan MFY hәm Abat, Aqtuba, Jangabazar va Qumshүngil ovul fuqarolar yig'inlari hududidagi mahalla ettiligi va ko‘cha oqsoqollari bilan uchrashdi.
Unda, dastlab, so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida xalqimizning farovon turmushini ta'minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida keng turda to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, aholini kambag'allikdan chiqarish, hududlarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va amaliy yordamlar ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvlarda ko‘cha boshilari hududlarni rivojlantirish bo‘yicha o‘zlarining fikr-takliflarini bildirdi. Har bir ko‘tarilgan muammoni hal qilishga jiddiy e’tibor qaratilib, bu borada maxsus dasturlar asosida amaliy ishlar olib borilishi ta'kidlandi.



