Velosportni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
1325
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, Osiyo velosport konfederatsiyasi Bosh kotibi K.O‘rinboyxo‘jaev va federatsiya bosh kotibi Asqarbek Tog'aybekov bilan uchrashdi. Unda dastlab, Jo‘qorg'i Kenges Raisi so‘nggi yillarda barcha sohalar qatori yurtimizda sport sohasini rivojlantirish va ommaviy sport bilan shug'ullanishni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Prezidentimizning alohida e’tibori bilan yaratilayotgan sharoitlar haqida keng turda ta'kidlab o‘tdi. Shuningdek, sport turlari qatorida Qoraqalpog'iston Respublikasida velosportni yanada rivojlantirish, 2025 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, sportchilarimizning yuqori natijalarga erishishi uchun bundan buyon ham keng imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Ta'kidlash joizki, yaqinda hurmatli Prezidentimiz raisligida Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha videoselektor yig'ilishi o‘tkazilib, unda istiqbolli sport turlari, jumladan velosportni yanada rivojlantirish borasida topshiriqlar berilgan edi. Bugungi o‘tkazilgan uchrashuvda ham berilgan topshiriqlar asosida ushbu sport turini ommalashtirish, litsenziya olish va medallar sonini ko‘paytirish uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilinib, galdagi vazifalar belgilab olindi.

