«Jүo‘eri gүrtik kuni» keng turda nishonlandi
1419
So‘nggi yillarda 25 fevral sanasi «Jүo‘eri gүrtik kuni» sifatida keng nishonlanishi an’anaga aylanib ulgurgan va sana munosabati bilan joriy yilda ham turli tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bugun Nukus shahridagi «Qoraqalpoq ovuli» ajoyib etno-turistik maskanida «Jүo‘eri gүrtik kuni» bayram sifatida keng turda nishonlandi.
Unda ushbu milliy taomni tayyorlash bo‘yicha oshpazlar tanlovi, Qoraqalpoq milliy folklor ijrochilarining kontsert dasturi, milliy sport o‘yinlari, hunarmandlar ko‘rgazmalari va boshqa madaniy tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirning ochilish marosimida yoshi ulug' nuroniylar, el ardog'idagi oqsoqollar so‘zga chiqib, milliy taomlarimizdan biri bo‘lgan «jүo‘eri gүrtik»ning asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib, xalqimiz hayoti bilan bog'liq holda bugungi kungacha etib kelgani, o‘z navbatida «jүo‘eri gүrtik» milliy brendlarimizdan biri va Qoraqalpog'istonning o‘ziga xos tashrif qog'ozi ekanligini alohida ta'kidladi. Shunday ajoyib milliy qadriyatlarimiz namunalarini kelajak avlodlarga sof holda etkazish har birimizning burchimiz ekani alohida ta'kidlandi. Sana munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar yuqori darajada uyushqoqlik bilan, ko‘tarinki ruhda davom etdi.




