Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami yuqori darajada nishonlandi
1705
Bugun Nukus shahridagi Oq qush majmuasida "8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev so‘zga chiqib, yig'ilganlarni bayram munosabati bilan tabrikladi. Bundan so‘ng bir guruh xotin-qizlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Prezidiumi qarori bilan yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga qo‘shgan hissalari hamda yosh avlodni Vatanga sadoqat, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun faol xotin-qizlarga faxriy unvonlar, «Ardaqlы nuranыy», «Ibratlы hayal», «O‘atan pidayыsы», «Үmit ushqыnы» ko‘krak nishonlari, Jo‘qorg'i Kengesning «Faxriy yorlig'i» topshirildi.
Shuningdek, bir guruh ayollar O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining «Mo‘’tabar ayol» ko‘krak nishoni, Vazirlar Kengashining «Faxriy yorlig'i» bilan taqdirlandi. Bayram tantanasi san’at va madaniyat xodimlari ijrosidagi kontsert dasturi bilan davom etdi va ishtirokchilarga xush kayfiyat bag'ishladi.