Prezident farmoni asosida yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanish masalalari muhokama qilindi
1067
Yaqinda hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog'iston Respublikasini kompleks rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholining farovon hayotini ta'minlash borasidagi yana bir alohida muhim farmoni qabul qilingan edi. Farmonning mazmun-mohiyatini xalqimizga keng tushuntirish va tadbirkorlar orasida targ'ib qilish maqsadida bugun Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida uchrashuv o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining sektor rahbari A.Shamuratov, Vazirlar Kengashi huzuridagi Tadbirkorlikka ko‘maklashish direktsiyasi direktori U.Xasanov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i K.Artikov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, mahalla ettiligi, fermerlar va tadbirkorlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda Farmon asosida tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash, sanoat tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, shu asosda aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlarga keng to‘xtalib o‘tildi. Tadbirda fikr-mulohazalar tinglanib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

