Qoraqalpog'istonda tadbirkorlikni rivojlantirishga yanada keng imkoniyat yaratilgani ta'kidlab o‘tildi
1069
Nukus tumani hokimligi majlislar zalida yaqinda hurmatli Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasini kompleks rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholining farovon turmushini ta'minlash borasida qabul qilingan farmonning mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag'ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining sektor rahbari A.Shamuratov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i K.Artikov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, mahalla ettiligi, fermerlar va tadbirkorlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda Farmon asosida tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash, sanoat tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, shu asosda aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlarga keng to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, ushbu farmon bilan Qoraqalpog'istonda tadbirkorlikni rivojlantirishga yanada keng imkoniyatlar yaratilgani, ushbu berilgan imkoniyatdan keng turda foydalanish kerakligi alohida ta'kidlandi. Tadbirda fikr-mulohazalar tinglanib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

