Kegeylida aholi daromadini oshirish va yashil hududlarni barpo etish bo‘yicha muhim tadbirlar o‘tkazildi
915
Kegeyli tumani Jүzimbag' ovul fuqarolar yig'inida "Tomorqa madaniyati, tomorqadan samarali foydalanish va daromad topish" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika ishchi guruhi a'zolari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining qo‘mita raisi B.Seytnazarov va tuman hokimi A.Kamalov ishtirok etdi. Seminarda tomorqadan samarali foydalanish va yuqori daromad manbaiga aylantirish bo‘yicha keng turda aytib o‘tildi.
Shuningdek, tomorqadan samarali foydalanish, o‘z-o‘zini band qilish va tarmoqni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. "Bir mahalla - bir mahsulot" tamoyili asosida eksportbop ekinlar ekish, ekin maydonlari chetlariga ko‘chat ekish orqali qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish haqida tushunchalar berildi. Bundan so‘ng "Dolzarb bir oylik" dasturi va "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Jүzimbag' ovul fuqarolar yig'ini hududidan tanlab olingan 2 gektar maydonga daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi. Tadbir doirasida turli manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.



