Aholi uchun qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
937
Bugun Chimboy tumani «Tazg'ara» ovul fuqarolar yig'inida aholi bandligini ta'minlash va qo‘shimcha daromad olishiga ko‘maklashish bo‘yicha «Tomorqa madaniyati, tomorqadan samarali foydalanish va daromad topish» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika ishchi guruhi a'zolari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Apparat boshlig'i J.Idiyatullaev, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB raisi o‘rinbosari Sh.Yakupovlar ishtirok etdi.
Seminarda asosan aholi bilan bevosita ishlaydigan mahalla ettiligi a'zolariga ozgina erni mo‘l daromad manbaiga aylantirish bo‘yicha ishlar ko‘rsatilib, fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilishiga ko‘maklashish, uy sharoitida tomorqadan samarali foydalanib qo‘shimcha daromad olish, bunda mahallalardagi yuqori natijalarga erishayotgan fuqarolarning ishlarini keng targ'ib qilish kerakligi ta'kidlandi. Seminar davomida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekildi.
Kun davomida «Tag'jap» OFYdagi «Biybaysha» fermer xo‘jaligiga qarashli issiqxona hamda «Kөkshi-qala» MFY hududida «Zantex» qo‘shma korxonasi ishlari ko‘zdan kechirildi.




