«Tazg'ara» ovulida Navro‘z bayrami keng nishonlandi
949
Asrlar davomida shakllangan Navro‘z - bu xalqimizning go‘zal qadriyatlarini o‘zida mujassam etib, ota-bobolarimizdan bebaho meros sifatida asrab-avaylab kelayotgan milliy bayram sifatida qalblardan chuqur joy egallaydi. U so‘nggi yillarda uyg'onish va yasharish ramzi sifatida xalqimiz orziqib kutadigan, tom ma'nodagi umumxalq bayramiga aylanib kelmoqda. Bugungi kunga kelib respublikamiz bo‘ylab mahalla va ovullarda Navro‘z bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlash boshlanib ketgan.
Chimboy tumani «Tazg'ara» OFY hududida ham bayram tantanasi o‘tkazilib, unda Respublika ishchi guruhi a'zolari, Jo‘qorg'i Kenges Apparat boshlig'i J.Idiyatullaev va mehmonlar ishtirok etdi. Hudud aholisi uchun ko‘tarinki kayfiyat ulashgan bayram tadbirlari doirasida san’at va madaniyat xodimlari ijrolari, hunarmandlar ko‘rgazmalari yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Navro‘z - umumxalq bayrami keng turda xalqimiz orasida davom etadi.


