«Mahalla tizimi xodimlari kuni» munosabati bilan bir guruh soha xodimlari taqdirlandi
1668
Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashida «Mahalla tizimi xodimlari kuni» munosabati bilan bir guruh soha xodimlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev qatnashib, yig'ilganlarni tabrikladi.
a'kidlash joizki, so‘nggi yillarda yurtimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida aholining turmush tarzini yaxshilash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, joylardagi muammolarni ijobiy hal etish, mahalla institutini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan qisqa davr mobaynida sohaga oid qator qonun hujjatlari qabul qilingani bu boradagi chora-tadbirlar ko‘lamini yangi bosqichlarga ko‘tarishga asos bo‘lmoqda. Chin ma'noda xalqimiz bilan yaqindan ishlaydigan jamiyatning bir bo‘g'ini sifatida mahalla instituti xodimlari juda mashaqqatli, shu bilan birga sharafli vazifani ado etib kelmoqda. Bunda mahallalarda hamjihatlik va milliy qadriyatlarimizni keng yoyishda muhim bo‘lgan ko‘cha boshilari instituti xalq bilan yaqin hamkorlikda «mahalla ettiligi»ning yaqin ko‘makchisiga aylangan.
O‘tkazilgan tadbir davomida bugungi sana munosabati bilan o‘zlarining yuqori natijalari va yutuqlari bilan ajralib kelayotgan bir qator soha fidoyilari Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi va O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tomonidan ko‘krak nishonlari va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi. Tadbirda Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov ishtirok etdi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Axborot xizmati








