Jo‘qorg'i Kenges Raisi yangi loyiha tashabbuskorlari bo‘lgan tadbirkorlar bilan uchrashdi
538
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yangi loyihalarni ishga tushirishda uchrayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev hurmatli Prezidentimiz rahbarligida yurtimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ular uchun barcha qulay sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Qoraqalpog'iston uchun alohida qabul qilingan tarixiy farmon va qarorlar asosida berilgan imtiyozlar haqida keng turda ta'kidlab o‘tdi.
Uchrashuvda tijorat banklari mablag'lari asosida 2025 yilda amalga oshirilishi belgilangan hududiy investitsiya loyihalarini ishga tushirish, yangi korxonalar faoliyatini tashkil etishdagi muammolarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, berilgan imtiyozlardan keng turda foydalanib, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha fikr almashilib, tadbirkorlarning takliflari, muammolari tinglandi. Uchrashuv yakunida vazifalar belgilab olinib, muammolarga echim topish bo‘yicha tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi.


