Oliy Majlis Senati Raisi To‘rtko‘l tumanidagi mahalla faollari bilan yaqindan muloqot qildi
674
Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrifi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbaeva Jo‘qorg'i Kenges Raisi Amanbay Orыnbaev va Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov hamrohligida To‘rtko‘l tumanidagi «Beruniy» mahallasiga bordi.
Bu erda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va «ijtimoiy profilaktika» tizimi tashkil etilganligi, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishni ta'minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan manzilli chora-tadbirlar «yo‘l xaritalari»ning ijrosi, shuningdek, og'ir va o‘ta og'ir hamda oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillar va mutasaddi idoralar tomonidan ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar ko‘zdan kechirildi. Faollar bilan yaqindan muloqot qilinib, mahallani qizil toifadan chiqarish, fuqarolar turmush farovonligini oshirish borasida fikr va takliflari tinglandi.

