Senat Raisi Nukus shahrida yoshlar bilan uchrashib, bundan so‘ng sumalak saylida ishtirok etdi
892
Oliy Majlis Senati Raisi, O‘zbekiston velosport federatsiyasi raisi T.Narbaeva Qoraqalpog'istonlik yosh velosportchilar bilan uchrashdi. Yoshlar bilan uchrashuvda bugungi kunda hurmatli Prezidentimiz tomonidan barcha sohalar qatori sportni rivojlantirish, yurtimiz bayrog'ini dunyoga tanitadigan sportchilarni etishtirib chiqarish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor alohida ta'kidlandi.
Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi Qoraqalpog'iston bo‘limiga Prezident sovg'asi - maxsus avtotransport, bir guruh yoshlarga sport velosipedlari topshirildi. Qoraqalpog'istonga tashrifi davomida Senat Raisi T.Narbaeva Jo‘qorg'i Kenges Raisi Amanbay Orыnbaev va Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov bilan birgalikda Nukus shahridagi «Bo‘z ovul» mahallasida joylashgan mahalla servis kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uy sharoitida daromad topish borasida tashkil etilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla faollari bilan aholi bilan ishlash bo‘yicha ishlar haqida suhbatlashildi.
Senat Raisi bundan so‘ng hudud aholisi bilan yaqindan muloqot qilib, yurtimizda keng nishonlanayotgan, bag'rikenglik va ezgulik timsoli bo‘lgan Navro‘z bayrami doirasida sumalak saylida ishtirok etdi va o‘zining ezgu tilaklarini bildirdi.








