G'olib sportchimiz tantanali kutib olindi
652
Iordaniya davlatining Amman shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamaosi tarkiibda yunon-rum kurashi bo‘yicha Jalg'asbay Berdimuratov, ayol-qizlar o‘rtasida Aqtenge Keunimjaeva, Sarbinaz Jiyenbaeva, Nabira Esenbaeva, Shaxzada Allaniyazova va boshqa qoraqalpog'istonlik sportchilar ham ishtirok etdi. Jumladan, -87 kg vaznda Jalg'asbay Berdimuratov barcha raqiblarin mag'lub etib, ikkinchi marta Osiyo chempioni bo‘ldi. Shuningdek, ushbu musobaqa 18 yoshli polvonimiz Shaxzada Allaniyazova uchun ham omadli kelib, bronza medali uchun bellashuvda janubiy koreyalik Bark Jeon Gaeni 5:1 hisobida mag'lub etdi va terma jamaomiz hisobiga bitta medal yozdirib quydi. 31-mart kuni Nukus xalqaro aeroportida g'olib polvonimiz Shaxzada Allaniyazova Qoraqalpog'iston Respublikasi Sport vazirligi jamaosi, murabbiy-ustozlar, ota-onalari, sport ixlosmandlari va ommaviy axborot vakillari tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.
Marosimda Qoraqalpog'iston Respublikasi Sport vaziri Erkinbay Qutibaev Shaxzada Allaniyazova va uning murabbiylarini qo‘lga kirgizgan yutug'i bilan tabriklab, o‘larga esdalik sovg'alarin topshirdi.


