Qoraqalpog'iston delegatsiyasining Koreya davlatiga tashrifi davom etmoqda
637
Ayni paytda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining qo‘mita raisi M.Atamuratov boshchiligidagi Qoraqalpog'iston delegatsiyasi Koreya davlatida bo‘lib turibdi. Ushbu mamlakatga tashrif davomida 518 ta GROUP kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Koreyaning Ulsan provintsiyasi bilan birga kasbga tayyorlash va til o‘rgatish markazlarini tashkil etish, bu orqali talab yuqori bo‘lgan tor mutaxassisliklarga yo‘naltirish, bundan so‘ng markaz bitiruvchilarining bandligini ta'minlash va boshqa shu kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Tashrif davomida Koreyaning "ECO bio" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda maishiy chiqindilarni samarali qayta ishlash, bu orqali biogaz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda hamkorlik, ekin maydonlarida hosildorlikni oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Uchrashuvda Qoraqalpog'istonda chiqindilarni qayta ishlash orqali biogaz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida maxsus korxona barpo etish bo‘yicha memorandum imzolashga kelishib olindi. Shuningdek, Qoraqalpoq davlat universiteti bilan birga biosulfatidan qishloq xo‘jaligida keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish, maxsus laboratoriya tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


