Samsung kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar olib borildi
Samsung kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar olib borildi
686
Qoraqalpog'iston delegatsiyasining Koreya davlatiga tashrifi davomida Samsung kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Nam Xun Yun bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda dastlab Qoraqalpog'istonning investitsion salohiyati, hurmatli Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsion jozibadorlikni oshirish bo‘yicha mintaqaga berilgan alohida imtiyozlar haqida keng ma'lumot berildi. Uchrashuvda shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasida foydalanishdan chiqqan suvlarni qayta ishlash, bunda davlat-xususiy sheriklik asosida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, suv resurslaridan oqilona foydalanishda samarali boshqaruvni olib borish, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Bundan so‘ng ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda Qoraqalpog'istonning bir hududida ichimlik suvi, kanalizatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.