Konstitutsiya-erkinligimiz kafolati
939
Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi Respublikamiz bo‘ylab keng turda nishonlanmoqda. Har bir oliy o‘quv yurti, muassasa va tashkilotlarda sana munosabati bilan bayram kechalari, uchrashuv va anjumanlar tashkil etilmoqda. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida ham bir qator soha vakillari ishtirokida "Qoraqalpog'iston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi" mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining qo‘mita raisi B.Seytnazarov, Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi raisining o‘rinbosari B.Ktaybekovlar ishtirok etdi. Dastlab O‘zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalari davlat madhiyalari yangradi.
Tadbirda Jo‘qorg'i Kengesning qo‘mita raisi B.Seytnazarov Bosh Qomusimizda belgilangan normalarning hayotimizda tutgan o‘rni, konstitutsiyamizda inson huquqlari bosh maqsad etib belgilangani, so‘nggi yillarda yurtimizda ta'lim sohasi, jumladan, yoshlarning oliy ma'lumotli bo‘lishi uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida ma'lumotlar berdi. Ta'kidlanganidek, konstitutsiya - har bir davlatning tarixi, buguni va kelajagi, xalqning xohish-irodasini o‘zida aks ettiruvchi asosiy qonun hisoblanadi.



