Qoraqalpog'istonda ilk bor o‘tkazilayotgan Orol madaniyati sammiti boshlandi
1009
Ta'kidlash joizki, mazkur sammit Orolbo‘yi mintaqasini san’at, madaniyat, dizayn va ilim-fan orqali ijtimoiy va ekologik jihatdan o‘zgartirishga bag'ishlangan yangi tashabbus hisoblanadi.
Orol madaniyati sammiti Orol dengizi inqirozi va global iqlim muammolarini hal qilishning barqaror echimlarini o‘rganish va amalga oshirish maqsadida Nukus va Samarqand shaharlaridagi etakchi madaniyat arboblari, siyosatchilar, rassomlar va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ekspertlarni birlashtirmoqda. Mazkur sammit Samarqand shahridagi birinchi Global iqlim forumining maqsadlarini qo‘llab-quvvatlaydi.





