Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev sport sohasi vakillari bilan uchrashdi
1263
Uchrashuvda respublikamiz hududidagi sport federatsiyalari vakillari, sport maktablari rahbarlari va boshqa soha mutasaddilari ishtirok etdi. Unda bugungi kunda sohada, shuning ichida sport maktablarida sportchi yoshlarni tayyorlash va shug'ullantirishda amalga oshirilayotgan choralar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqidagi masalalar so‘z etildi.
O‘tkazilgan uchrashuvda so‘ngi yillarda yurtimizda hurmatli Prezidentimiz tomonidan qaratilayotgan e’tibor va ko‘rsatilayotgan g'amxo‘rliklar natijasida sohada yuqori natijalarga erishayotgan yoshlarning soni ortib, yurtimiz bayrog'ini dunyoga tanitadigan yoshlarning ko‘pchilikni tashkil etayotganligi atab o‘tildi. Shu bilan birga, yaratilib berilayotgan shuncha imkoniyatlarga qaramasdan, ayrim joylarda ortda qoluvchilik holatlari uchrayotganligi tanqid qilindi. Xususan, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb qilish, “Besh tashabbus” bellashuvlarida sovrindorlar sonini oshirish, O‘zbekiston va Qoraqalpog'iston chempionatlari, shuningdek, Osiyo va Jahon chempionatlari, Olimpiya va Paralimpiya g'oliblarini shug'ullantirish, murabbiylarning mutaxassisligini oshirish, mavjud sport inshootlaridan samarali foydalanish va boshqa da yo‘nalishlarda qator xato-kamchiliklar va qoloqliklar tanqid qilindi.
Shuningdek, sport yo‘nalishlari bo‘yicha yoshlarimizning xalqaro musobaqalarda erishayotgan natijalarini yanada yuqorilatish, dunyo tan olgan sportchilarni tayyorlab chiqarish uchun yana qanday ishlarni amalga oshirish bo‘yicha soha vakillarining fikr va takliflari tinglandi. Tadbir davomida sport kurashlari bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida yuqori natijalarga erishgani uchun Jalg'asbay Berdimuratov va Shahzoda Allaniyazovaga Jo‘qorg'i Kengesning "Faxriy yorlig'i" topshirildi.






