Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi keng nishonlandi
1215
Joriy yilning 9 aprel kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligiga bag'ishlangan bayram tantanasi o‘tkazildi.
Unda Jo‘qorg'i Kenges deputatlari, vazirliklar, idora va tashkilotlarning, ta'lim maskanlarining, huquq-tartibot idoralarining rahbarlari, talaba-yoshlar, jamoatchilik tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Bayram tantanasida dastlab O‘zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisi Amanbay Orыnbaev yig'ilganlarni Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan tabrikladi.
Tadbirda ta'kidlanganidek, Konstitutsiyamiz - bu ko‘p millatli xalqimizning hamjihatligi va do‘stligini mustahkamlovchi, ularni ulug' bunyodkorlik ishlariga boshlovchi asosiy hujjatdir.
Yurtimiz taraqqiyot bosqichlariga nazar tashlar ekanmiz, iqtisodiyotimizning yildan-yilga mustahkamlanib borayotgani, aholining ijtimoiy turmush sharoiti yaxshilanayotgani Konstitutsiyamizga asos qilib olingan, chuqur va puxta o‘ylangan ezgu maqsadlar samarasidir.
Shu o‘rinda alohida ta'kidlash joiz, yurtimizda hurmatli Prezidentimizning rahbarligida Qoraqalpog'iston Respublikasi bo‘yicha alohida qabul qilingan qarorlar, davlat dasturlari hayotimizda ulkan o‘rin egallab kelmoqda. Bugungi kunda respublikamizda mazkur qabul qilingan qaror va farmonlar, davlat dasturlari asosida ulkan qurilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari, salmoqli ijodiy tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
O‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar yig'ilganlarni bayram bilan tabriklab, respublikamiz xalqiga, shundan, yoshlarimizga alohida hurmat va e’tibor uchun Prezidentimizga cheksiz minnatdorchiligini bildirdi.
Bayram tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.Xudaybergenov, Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov ishtirok etdi.
Tadbir san’at va madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi bilan davom etdi.








