Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish masalalari keng muhokama qilindi
1213
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisi Amanbay Orыnbaev raisligida, Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiev ishtirokida Prezidentimizning 03.01.2025 yildagi PQ-1-son qarori ijrosi hamda kriminogen vaziyatni tahlil qilish, barqarorligini ta'minlash yuzasidan videoselektor yig'ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig'ilishda, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori E.Tadjiev, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.Tөrebekov hamda ularning sohaviy o‘rinbosarlari, qaror ijrosiga mas’ul bo‘lgan Qoraqalpog'iston Respublikasining vazirlik va idoralarining rahbarlari, mas’ul xodimlari hamda hududiy shtab va ishchi guruhi a'zolari ishtirok etishdi.
Yig'ilishda mahallalarda osoyishtalikni saqlash, jamoat xavfsizligi va fuqarolar tinchligini ta'minlash, yoshlar, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, davlat boshqaruvi organlarida turli qonunbuzarlik va korruptsiya holatlari, mahallalardagi ijtimoiy profilaktik tadbirlarning olib borilishi masalalari ham keng muhokama qilindi. Joylarda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilib, ayrim rahbarlarning o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarayotgani tanqid qilindi. Bundan so‘ng amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choralar va vazifalar belgilab olindi.



