Qonliko‘l tumanida chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ishga tushirildi
383
Qonliko‘l tumani «Bo‘ston» ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Aydos Duzelbayev» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi asosan paxta va g‘allachilik bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Yaqinda fermer xo‘jaligi tomonidan 118 ming dollar mablag‘ asosida qoramolchilikni rivojlantirish loyihasi amalga oshirilib, 30 bosh naslli chorva mollari olib kelindi. Natijada, qo‘shimcha 5 ta ish o‘rni yaratildi.