Qorao‘zak tumanida polietilen quvur ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
420
So‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimizning tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsion jozibadorlikni oshirish borasida Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan qaror va farmonlar asosida yurtimizda tadbirkorlar soni ortib, yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda.
Qorao‘zak tumani «Qoybaq» ovul fuqarolar yig‘ini hududida «Mang‘it polimer» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan polietilen quvur ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilib, yangi korxona ishga tushirildi.
Imtiyozli kredit mablag‘lari asosida umumiy qiymati 377 ming dollar bo‘lgan loyiha ishga tushirilishi natijasida 10 ta yangi ish o‘rni yaratildi.