Ellikqal’a tumanida yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi
So‘nggi yillarda barcha sohalar qatori ta’lim sohasiga ham alohida e’tibor qaratilib, bu borada o‘quv muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun sharoit yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hurmatli Prezidentimizning «Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot fondi ishtirokida «Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, hududlarda ijtimoiy obyektlarni barpo etish ishlari davom etmoqda.
Xususan, qaror asosida Ellikqal’a tumani «Paxtachi» mahalla fuqarolar yig‘inida 4,7 mlrd. so‘m mablag‘ asosida yangi 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilib, foydalanishga topshirildi.