Mo‘ynoq tumanida ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanmoqda
Hurmatli Prezidentimizning 4271-sonli qaroriga asosan, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida «O‘zbekistonning g‘arbiy qismida ichimlik suvi ta’minoti tizimlarini rivojlantirish» loyihasining amalga oshirilishi belgilangan.
Buning uchun 8,2 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda «Archico» MCHJ (Ozarbayjon) kompaniyasi tomonidan Mo‘ynoq tumanida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga qaratilgan qurilish ishlari olib borilmoqda.
Loyiha doirasida 5 ta suv taqsimlash inshooti, 128,1 km suv tarmog‘ini qurish va rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan. Hozirgi vaqtda 25,2 km suv tarmoqlari tortilib, qurilish ishlari davom etmoqda. Reja to‘liq bajarilishi natijasida tumanning ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi oshiriladi.