Shveysariyaning «LATMA-ADED» tashkiloti mablag‘lari asosida Taxiatosh tumanida 2 ta maktab uchun suv tozalash uskunalari o‘rnatildi
452
Bugun, 17 aprel kuni Taxiatosh tumanidagi «Naymanko‘l» OFYdagi 12 va 15-sonli umumta'lim maktablariga Shveytsariyaning «LATMA-ADED» tashkiloti grant mablag'lari asosida qurilgan suv tozalash uskunalari foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining qo‘mita raisi A.Atajanov, «LATMA-ADED» tashkiloti vakillari, «Naymanko‘l» OFY faollari, nuroniylar va maktab o‘qituvchilari ishtirok etdi.
O‘rnatilgan suv uskunalari to‘liq avtomatlashgan suv tozalash tizimiga ega bo‘lib, bu orqali olis hududning 6732 nafar aholisi, 50 nafar pedagog va 301 nafar o‘quvchi toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi.
Ushbu grant loyihasi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lib, bundan oldin Mo‘ynoq tumanidagi 7-sonli maktabga ham shu turdagi suv tozalash tizimlari o‘rnatib berilgan edi.

