Amudaryoda yangi qadoqlash korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi
442
Yurtimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlardan foydalanib, Amudaryo tumanida «BOTIR XONQA» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ichimlik suvi va sharbat ishlab chiqarish va qadoqlash loyihasi ishga tushirildi. Loyihaning umumiy qiymati 2,6 mlrd. so‘m bo‘lib, uning amalga oshirilishi natijasida 10 ta yangi ish o‘rni yaratildi.