Ellikqal’a tumanida 90 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti qad rostladi
450
Hurmatli Prezidentimizning «Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida «Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan hududlarda ijtimoiy obyektlarni qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, qaror asosida Ellikqal’a tumani «Cho‘pon» mahalla fuqarolar yig‘inida yangi 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti 4 mlrd. 750 mln. so‘m mablag‘ asosida qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi.

