O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga va unda qurilgan imoratlarga huquqlarni e’tirof etish boshlandi
476
Hurmatli Prezidentimizning topshirig'iga asosan «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan er uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g'risida»gi Qonun qabul qilingan edi. Qonun bilan fuqarolar va tadbirkorlarning mulkka bo‘lgan huquqlari tartibga solinadi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkchilik, shuningdek, meroslar bilan bog'liq nizolarga echim topiladi. Bundan tashqari, aholining ijtimoiy masalalari (doimiy ro‘yxatga qo‘yish, moddiy yordam olish, maktab, bog'chaga joylashtirish) hamda bino va ob’ektlarni kommunal tarmoqlarga ulash bo‘yicha masalalari hal etiladi. Qonun talablarining bajarilishini ta'minlash maqsadida yurtimizning barcha hududlarida Davlat kadastrlari palatasi mutaxassislari tomonidan mahallalarda xatlov ishlari olib borilmoqda. Xatlov natijalariga ko‘ra har bir ob’ekt haqida ma'lumotlar va komissiya xulosalari etirof.kadastr.uz tizimiga kiritilib borilmoqda. 2025 yil 18 aprel kungi ma'lumotga ko‘ra, Qoraqalpog'iston Respublikasida 80 mahallada 19 349 ta turar joy va noturar joy ob’ektlari xatlovdan o‘tkazilib, 7 854 ta ob’ekt avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritildi. Shundan, 5375 ob’ekt komissiyada va 2479 ta ob’ekt jamoatchilikka e’lon qilingan. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining sessiya qarori bilan Chimboy, Kegeyli, Taxtako‘pir, Qorao‘zak va Amudaryo tumanlaridagi 24 ta uy-joy egalarining o‘zboshimchalik bilan va ortiqcha egallagan erlariga, ularda qurilgan turar joylariga ijara va mulk huquqlari e’tirof etildi.