Bilimni baholash agentligining Qoraqalpog'istondagi binosi qurib bitkazildi
552
Hurmatli Prezidentimizning 2022 yil 15 iyundagi «Davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g'risida»gi 279-sonli qarori asosida Bilim va malakalarni baholash agentligining Qoraqalpog'iston Respublikasi bo‘limi uchun yangi bino qurildi. Ta'kidlash joizki, test sinovlarini yil davomida o‘tkazishga mo‘ljallangan 1000 o‘rinli binoni qurish uchun Nukus shahri «Janga bazar» mahalla fuqarolar yig'ini hududidan 2 ga er ajratilib, 18,3 mlrd. so‘m mablag' evaziga zamonaviy bino qurildi va foydalanishga topshirildi. Shu asosda abiturientlarning milliy sertifikatlar va oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarini topshirishi uchun barcha imkoniyatlar yaratildi.