Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari xalqaro matematika olimpiadasida yuqori natijalarga erishdi
500
Joriy yilning 13-18 aprel kunlari Turkmaniston Respublikasining Ashxobod shahrida «Open Mathematical Olympiad for University Students (OMOUS-2025)» xalqaro matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda fundamental va aniq fanlarga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlarni aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ilmiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi. Olimpiadada Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talaba-yoshlari ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladi. Jumladan, Matematika fakulteti talabasi Sunkat Maksatov 1-o‘rinni egallab, oltin medalga munosib topildi. Shuningdek, Damir Dilmuratov kumush medal, Indira Satniyazova, Nursultan Erimbetov va Nargiza Haqbergenova esa bronza medallari bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, universitet jamoasi jamoaviy hisobda ham yuqori natijaga erishib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.