Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalarining ochilish marosimi o‘tkazildi
Bugun Nukus shahridagi 1-sonli sport maktabida (Manej) sportning dzyudo turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Saparbayev va O‘zbekiston Respublikasi dzyudo federatsiyasi raisi Z.Kaxramanov ishtirok etdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Saparbayev so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni musobaqaning ochilishi munosabati bilan tabrikladi va omad tiladi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda yurtimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga, yoshlarni sportga keng jalb etishga, Olimpiya va milliy sport turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘tkazilayotgan sport musobaqalari ana shu yo‘nalishdagi ishlardan biridir.
Bundan so‘ng kun davomida o‘tkazilishi belgilangan bellashuvlar boshlab yuborildi.

