Qonlikol tumanida grant mablag'lari asosida yangi bog' yaratilmoqda
560
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining «Orolbo‘yi mintaqasidagi jamoat birlashmalarining yashil, inklyuziv rivojlanishiga ko‘maklashish va mahalliy aholining barqarorligini oshirish» loyihasi asosida Qonliko‘l tumani «Beskөpir» ovul fuqarolar yig'ini hududidagi «Bisenov Sabur» dehqon xo‘jaligi uchun grant mablag'lari ajratilgan edi.
Shu asosda 10,2 ming AQSh dollari miqdoridagi bog'dorchilikni rivojlantirish loyihasi amalga oshirildi va 3 gektar maydonga 2500 dan ortiq yuqori navli mevali daraxt ko‘chatlari olib kelinib ekildi.
Ta'kidlash joizki, dehqon xo‘jaligi bundan oldin ham bog'dorchilik bilan shug'ullanib kelmoqda va yangi loyiha amalga oshirilishi natijasida bog' maydoni kengayib, yana qo‘shimcha yuqori daromad olishiga zamin yaratildi.

