«Orol baliqlaridan 99 turdagi taomlar» xalqaro gastronomik festivali o'tkazildi
658
Qoraqalpog'iston Respublikasida o'tkazilayotgan «Orol turizmi» xalqaro haftaligi doirasida bugun Nukus shahrida «Orol baliqlaridan 99 turdagi taomlar» xalqaro gastronomik festivali bo'lib o'tdi. Festivalda hududlarning gastronomik turizm salohiyati keng targ'ib qilinishi belgilangan bo'lib, unda ko'p millatli yurtimizda yashovchi barcha xalq va millat vakillari uchun sevimli bo'lgan taomlar mohir oshpaz va havaskorlar tomonidan tayyorlandi.
Tadbirda mahalliy va xorijiy sayyohlar, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Festival yakunida baliqlardan tayyorlangan, Orolbo'yida yashovchi aholi vakillariga xos taomlarni tayyorlashda o'zaro bellashgan oshpazlar orasidan aniqlangan g'olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.





