Jo'qorg'i Kenges qo'mitasining majlisi o'tkazildi
912
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish, yoshlar siyosati, turizm va jamoat birlashmalari masalalari qo'mitasining majlisi o'tkazildi. Majlisni qo'mita raisi M.Atamuratov ochdi va olib bordi.
Kun tartibida dastlab «Yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish va ilmiy faoliyatga jalb etish bo'yicha ta'lim muassasalarida olib borilayotgan ishlar to'g'risida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o'rinbosarining hisoboti haqida»gi masala ko'rib chiqildi. Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari B.Өtemuratovning hisoboti tinglanib, kun tartibidagi masala keng turda muhokama qilindi.
Bundan so'ng, «Kegeyli, Xo'jayli va Amudaryo tumanlaridagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom ovqatlantirishni tashkil etish holatlarini o'rganish bo'yicha tuzilgan ishchi guruhning axboroti to'g'risida»gi masala ko'rib chiqildi. Ushbu masala ham deputatlar tomonidan ko'rib chiqilib, tegishli savollarga javoblar olindi.
Majlis davomida deputatlar tomonidan savollar berilib, dolzarb masalalar ko'tarildi. Bundan so'ng ko'rib chiqilgan masalalarni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo'yicha tegishli tartibda qarorlar qabul qilindi.


