Olis Aspantay qishlog'ining ichimlik suv ta'minoti yaxshilandi
786
Bo‘zatov tumanining chekka hududlaridan biri bo‘lgan «Aspantay» ovul fuqarolar yig'inida yashovchi xonadonlar soni ortishi sababli fuqarolarning ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish zarurati paydo bo‘lgan edi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi (YuNISEF) ning chekka qishloqlardagi bolalarni ichimlik suvi bilan ta'minlash loyihasining 26,1 ming AQSh dollari miqdoridagi grant mablag'lari asosida qishloq aholisining ichimlik suv ta'minoti yaxshilandi.
Loyiha doirasida 4 dona 1m3 er osti suvini chuchuklashtiruvchi stantsiya to‘liq rekonstruktsiya qilindi va quvvatini oshirish uchun 30 metr chuqurlikdagi 2 dona quduq (skvajina) yangidan qurildi. Natijada, hududda yashovchi 840 nafar fuqaro barcha sanitariya-gigiena talablariga javob beradigan toza suv bilan ta'minlandi.
