Fuqarolar yig'ini raisi sayloviga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag'ishlandi
840
Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida mahalla raisi saylovini o‘tkazuvchi ishchi guruh raislari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Mahalliy hokimiyat vakillik va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta'minlash masalalari qo‘mitasi raisi Sh.Өtemisov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i S.Turmanov, ishchi guruh vakillari, mahalla faollari ishtirok etdi.
Seminarda mahalla raisi saylovini o‘tkazish tartibi, asosiy jihatlari, jarayonni to‘g'ri tashkil etishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlar xususida so‘z yuritildi. Bu borada tumanda tashkil etilgan ishchi guruh mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.




