Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev Xitoy kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
1065
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev Xitoy Xalq Respublikasining CSADI company (Central South Architecture design Institute) co LTD kompaniyasi vitse-prezidenti Lyu Geng Chjon rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
O‘tkazilgan uchrashuvda respublikamiz hududida xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali yangi loyihalarni amalga oshirish, hamkorlik istiqbollarini belgilab olish, Xitoy davlati texnologiyalari asosida respublikamiz hududida yangi ob’ektlarni qurish haqida so‘z yuritildi.
Muloqot davomida kompaniya vakillari respublikamiz hududida yangi ob’ektlarni qurish bo‘yicha o‘zlarining loyihalarini taklif qildi va taqdimotlari bilan tanishtirdi.
O‘z navbatida Jo‘qorg'i Kenges Raisi yurtimizda hurmatli Prezidentimiz tomonidan investitsion jozibadorlikni oshirish, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratib berilganligini, har qanday tashabbus uchun barcha sharoitlar yaratilishini ta'kidladi.




