Mo'ynoqda “Hunarmandlar alleyasi” foydalanishga topshirildi
1832
19 avgust kuni Mo'ynoq tumani markazida “Hunarmandlar alleyasi” foydalanishga topshirildi.
Umumiy maydoni 1 ming 250 metr kvadratni tashkil qilgan alleyada 3 ta o'tov va 6 ta do'kon faoliyat ko'rsatmoqda.
Alleyaga asosan mo'ynoqlik hunarmandlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar joylashtirildi. Bu erdagi do'konlarga “Hunarmand” uyushmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi tomonidan savdo rastalari qurib berilgan.
Tumanda hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida 2019 yilning fevral oyida o'quv kurslari tashkil etilgan edi. O'tgan davrda kashtachilik, quroq buyumlarini tikish, qo'lda gilam to'qish, yog'och o'ymakorligi kabi hunarlar ommalashtirildi.
– Ushbu alleyaning tashkil qilinishi sayyohlar uchun hunarmandlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni xarid qilish imkonini yaratadi. Shuningdek, do'konlarni mahsulot bilan o'z vaqtida ta'minlash maqsadida “Hunarmand” uyushmasi tomonidan 5 ta zamonaviy tikuv mashinalari hunarmand R.Jaksimuratovaga topshirildi. Bundan ko'zlangan maqsad “Ustoz-shogird” an’anlarini davom ettirish, yoshlarga hunar o'rgatish va bandligini ta'minlashdir, – deydi “Hunarmand” uyushmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi rahbari Dilfuza Allambergenova.
Mazkur alleya O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 yanvardagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Mo'ynoq tumanini kompleks ijtimoy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qaroriga asosan tashkil qilingan. Qurilish ishlari 2019 yilning mart oyida boshlangan.