Shavkat Mirziyoev g'o'za rivojini ko'zdan kechirdi
3256
O'zbekiston Prezidenti Taxiatosh tumanidagi «Maded Botir» fermer xo'jaligi dalasida g'o'za rivojini ko'zdan kechirdi.
Ushbu xo'jalikning jami eri 110 gektar bo'lib, 60 gektarida paxta etishtirilmoqda.
Davlatimiz rahbari dala agrotexnikasidagi kamchiliklarni ko'rsatib, paxta pishishini tezlashtirish, hosilga hosil qo'shish bo'yicha o'z tavsiyalarini berdi. Qishloq xo'jaligida fandan keng foydalanish, Qoraqalpog'istonning iqlimiga mos navlar yaratish lozimligini ta'kidladi.





