Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi Erniyazov Musa Tajetdinovich «O'zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlandi
1629
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi Erniyazov Musa Tajetdinovichga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 avgustdagi «O'zbekiston Qahramoni» unvonini berish to'g'risidagi Farmoniga asos Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, Vatanimiz obodligi, turmushimiz farovonligini ta'minlash borasidagi ulkan xizmatlari, so'nggi yillarda yurtimizda jadallik bilan olib borilayotgan tub islohotlar jarayonidagi tashabbuskorligi va fidoyiligi, davlat va xalq manfaatlarini ro'yobga chiqarish yo'lidagi fidokorona mehnati, ishlab chiqarish va ijtimoiy-ma'naviy sohalardagi ko'p yillik samarali va ibratli faoliyati, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qo'shgan katta hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun «O'zbekiston Qahramoni» unvoni berildi.