Jo'qorg'i Kenges Raisi Vetnam delegatsiyasini qabul qildi
2643
27 sentyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesida Vetnam qishloq xo'jaligi vazirligi eksperti, professor Tran Kvan Kuang Chjiuni qabul qilish marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi M.Erniyazov mehmonlarni respublikamizga tashrifi bilan samimiy qutlab, Muhtaram Prezidentimizning qo'llab-quvvatlashi natijasida qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshiralayotgan ishlar, qo'lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar, hududimizning iqlim sharoitida ekiladigan ekinlar, ayniqsa, sholi etishtirish bo'yicha to'plangan tajribalar haqida aytib o'tdi.
O'z navbatida vetnamlik professor respublikamizning sholi maydonlarida Vetnam texnologiyasini joriy etish, mahalliy mutaxassislar bilan tajiriba almashish va kelgusida hamkorlikni yanada kuchaytirish asosiy maqsadi ekanligini ta'kidlab o'tdi. Shuningdek, bir qator tumanlarining iqlim sharoitini, to'proq hosildorligini, irrigatsiya tarmoqlarini o'rganib chiqib, Vetnam tajribasini joriy etish orqali sholichilikda hosildorlikni oshirish bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.