Jo'qorg'i Kenges Raisi BMT taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakilini qabul qildi
3290
26 sentyabr kuni Qoraqalpoǵiston Respublikasi Jwqorǵi Kengesida BMT Taraqqiyot Dasturining Wzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska rahbarligidagi delegaciyani qabul qilish marosimi bwlib wtdi.
Tadbirda Qoraqalpoǵiston Respublikasi Jwqorǵi Kengesining Raisi M.Erniyazov mehmonlarni respublikamizga tashrifi bilan samimiy qutlab, Prezidentimiz tashabbusi bilan mintaqani iqtisodiy rivojlantirish, Orol fojiasidan aziyat chekkan hudud aholisi hayotini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan keng kwlamli ezgu ishlar haqida aytib wtdi.
Barchamizga malum, Muhtaram Prezidentimiz 2017 yil 19 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida swzlagan nutqida jahon hamjamiyati etiborini Orol fojiasiga qaratgan edi. Shuningdek, Prezidentimiz tashabbusi bilan 2018-2021 yillarda Orolbwyi hududini rivojlantirish bwyicha Davlat dasturi qabul qilindi hamda bugungi kunda dastur ijrosini taminlash doirasida keng kwlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Wtgan yilning noyabr oyida BMT shafeligida Orolbwyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bwyicha kwp tomonlama sheriklik asosida Trast fondining tashkil etilishi esa BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish qayd etganidek, “Jabrlangan mintaqa tarixida yangi sahifa“ bwldi, desak hech mubolaǵa bwlmaydi.
Tadbir davomida BMT Taraqqiyot Dasturining Wzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska Orolbwyi mintaqasiga yordam kwrsatish masalalari muhim ahamiyatga ega ekanligini, shuning uchun kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish bwyicha ishlarni davom ettirishini takidlab, kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarga twxtab wtdi va samimiy qabul uchun respublikamiz rahbariga wz minnatdorchiligini bildirdi.
Delegaciyaning respublikamizga tashrifi davom etmoqda.

