Bo'zotov tumanini rivojlantirishga bag'ishlandi
2414
Joriy yilning 25 sentyabr kuni Qoraqolpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesida Jo'qorg'i Kenges Raisi M.Erniyazov rahbarligida yangidan tashkil etilgan Bo'zatov tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan majlis bo'lib o'tdi.
Tegishli vazirliklar, tijorat banklari, muassasa va tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etgan majlisda Bo'zatov tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi. Ya’ni, kelgusida mazkur tumanni har tomonlama rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, xalqqa kulay sharoitlar yaratish bo'yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar muhokama etildi.
Majlisda respublikamiz rahbari tumanda ijtimoiy, aholiga maishiy xizmat ko'rsatuvchi ob’ektlarni barpo etish, muxandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilishi kutilayotgan ishlarga to'qtab o'tib, bu bo'yicha mutasaddi rahbarlarga aniq vazifalar belgilab berdi.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, Bo'zatov tumanini 2019-2021 yilarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun jami 309 mlrd. 142 mln. so'm mablag'lar talab etilishi kutilmoqda. Sanoat, qishloq xo'jaligi va xizmat ko'rsatish sohalarida jami 45 mlrd. 132 mln. so'mlik 57 loyihani amalga oshirish belgilangan. Mazkur loyihalarning amalga oshishi bilan 300ga yaqin ish o'rinlari yaratiladi. Shuningdek, 118 mlrd. 89 mln. so'mlik qurilish, rekonstruktsiya hamda obodonlashtirish ishlarini olib borish orqali tumanning injener-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, 17 irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarida 52 mlrd. 861 mln. so'mlik rekonstruktsiya va kapital ta'mirlash ishlarini olib borish, 28 ijtimoiy infrastruktura ob’ektlarida jami 93 mlrd. 60 mln. so'mlik qurilish, rekonstrukutsiya va kapital ta'mirlash ishlarini olib borish rejalashtirilmoqda.
Albatta, ezgulik yo'lidagi har qanday ish besamar ketmaydi. Yaqin yillar ichida Bo'zatovning har tomonlama rivojlangan, zamonaviy tumanga aylanishiga ishonamiz.